O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-07-12 | Siyosat

2019-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining London shahrida o‘tkazilayotgan OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada ishtiroki doirasida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeremi Hant bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston – Britaniya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, joriy xalqaro kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Ikki tomon aloqalarining butun kompleksini ilgari surishda muntazam uchrashuvlarning muhimligi e’tirof etildi. Shu nuqtayi nazardan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish amaliyoti qo‘llab-quvvatlandi. Siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi iyun oyida London shahrida o‘tkazilgan edi.

Uchrashuvda aniq takliflar ko‘rib chiqildi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishdan tomonlarning birdek manfaatdorligi tasdiqlandi.

Britaniya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tashabbuslarini yuqori baholadi hamda mamlakatimizning Afg‘oniston Islom Respublikasi ishtirokidagi mintaqaviy iqtisodiy va infratuzilma loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Поделиться