O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga tashrifiga doir
2019-07-09 | Siyosat
2019-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahriga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturida 30-may kuni Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilish uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi hududidagi “O‘zbekiston” pavilonida hamda qator korxona va tashkilotlarda bo‘ladi.