O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili bilan uchrashuv

2019-07-08 | Siyosat

2019-yilning 7-iyul kuni “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bishkek shahrida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashdi.

“O‘zbekiston – Yevroittifoq” shaklidagi aloqalarning hozirgi holati va yanada rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Yevropa kengashi Prezidenti Donald Tuskning O‘zbekistonga tashrifi va uning 2019-yil 31-may kuni Toshkent shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazgan muzokaralari yakunlari yuqori baholandi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston – Yevropa munosabatlarining sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarilganligi va hamkorlikning barcha jabhalari muayyan amaliy mazmun bilan boyigani ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan ikki tomon ham O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi ustida muzokaralar mexanizmining yo‘lga qo‘yilganligini ma’qulladi. Mazkur hujjatning imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarda yangi pog‘ona bo‘lishi kutilmoqda.

Suhbat chog’ida qayd etilganidek, joriy yilda O‘zbekiston tomonidan YIning barcha davlatlari fuqarolari uchun vizasiz tartibning joriy qilinishi “xalq diplomatiyasi”ni rag‘batlantiradi, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa tarmoqlardagi aloqalarning faollashtiradi.

Uchrashuvda Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning alohida mavzulari ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться