O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSHda yashaydigan yurtdoshlarimizga Oʻzbekiston turizmini targʻib etuvchi tarqatma materiallar tarqatiladi
2019-07-04 | Turizm
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qoshidagi Milliy PR-markazi vakili Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida mehmon boʻldi.
Tashrif doirasida elchixona maʼmuriyati bilan uchrashuv tashkil etilib, Oʻzbekiston turizmini targʻib etuvchi tarqatma materiallar (futbolka, jurnal, qoʻllanma, flesh USB) taqdim etildi.
Mazkur sovgʻalar elchixonaga tashrif buyuruvchi xorijlik mehmonlar, mahalliy aholi va AQSHda yashaydigan yoshlarimizga tarqatiladi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekistonning turizm salohiyati sezilarli darajada oshayotgani qayd etib oʻtildi. Maʼlum boʻlishicha, amerikalik aholi orasida Oʻzbekistonning tarixiy obidalari, madaniyati va sayyohlik maskanlari haqida qiziqish ortmoqda.