O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mehnat migrantlari uchun yangi sugʻurta joriy etildi
2019-07-04 | Jamiyat
“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika tashqarisiga chiqadigan mehnat migrantlarini sugʻurtalashga oid yangi sugʻurta mahsulotlari joriy etildi.
Bular Prezidentimizning 2018-yil 5-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida ishlab ishlab boʻlib, hozirgi kunga qadar 23 mingdan ortiq shunday sugʻurta polislari sotildi.
Bu haqda Toshkent shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida batafsil maʼlumot berildi.
Jamiyat masʼullarining aytishicha, xorijda, xususan, Rossiya Federatsiyasida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Russkiy standart straxovaniya” sugʻurta kompaniyasi bilan yangi “Patent+” loyihasi ham ishlab chiqildi.
“Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan joylarda sugʻurta borasida aholini oʻylantirayotgan masalalarni hal etish borasida izchil ishlar olib borilyapti. Jamiyat boshqaruvi va hududiy filiallariga 2018-yil va 2019-yil 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 700 yaqin murojaatlar kelib tushgan. Ularning deyarli barchasi oʻrganilib, fuqarolarga murojaatlari boʻyicha tegishli tushuntirishlar berilgan, jumladan, 800 ga yaqini ijobiy hal etilgan.