O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Ozarboyjon Bosh vazir oʻrinbosarlari ikki tomonlama madaniy-gumanitar aloqalarni muhokama qilishdi

2019-07-03 | Turizm

Ozarboyjon Respublikasi hukumatining Baku shahridagi binosida Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov hamda Ozarboyjon Bosh vazir oʻrinbosari Ali Ahmedov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda shuningdek Oʻzbekistonning Ozarboyjondagi elchisi Sherzod Fayziyev, Ozarboyjon vazirliklari va ijtimoiy blok vakillari ishtirok etishdi. 

Ozarboyjon tomon Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat aholisi turmush darajasini yaxshilash va farovonligini oshirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy siyosat natijalarini yuqori baholadi. Ayniqsa, Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida qayd etilib, bu respublikaning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi taʼkidlandi.

Ozarboyjon Respublikasi hukumatining Baku shahridagi binosida Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov hamda Ozarboyjon Bosh vazir oʻrinbosari Ali Ahmedov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda shuningdek Oʻzbekistonning Ozarboyjondagi elchisi Sherzod Fayziyev, Ozarboyjon vazirliklari va ijtimoiy blok vakillari ishtirok etishdi. Ozarboyjon tomon Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat aholisi turmush darajasini yaxshilash va farovonligini oshirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy siyosat natijalarini yuqori baholadi.

Ayniqsa, Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida qayd etilib, bu respublikaning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi taʼkidlandi. “Biz birodar Oʻzbekistonning yuksak yutuqlari uchun juda xursandmiz. Ishonchimiz komilki, mamlakatingiz tez orada koʻzlagan maqsadiga yetishib, rivojlangan davlatlar qatoridan oʻrin oladi”, - dedi Ali Ahmedov.

Shuningdek, tomonlar ikki mamlakatni yanada yaqinlashtirishi mumkin boʻlgan soha – turizmning salohiyatiga katta eʼtibor qaratishdi. Ozarboyjon bosh vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, ozarboyjonliklarning Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari, xususan, Samarqand va Buxoroga qiziqish katta. Tomonlar “Ipak yoʻli” Xalqaro turizm universiteti hamda Ozarboyjon turizm va menejment universiteti oʻrtasida imzolangan Anglashuv memorandumi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish va kadrlar tayyorlashda asos boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.

Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston va Ozarboyjonda madaniyat va kino kunlarini oʻtkazish, mashhur sanʼat namoyandalari tashrifi va gastrollarini tashkillashtirish orqali madaniy almashinuvni faollashtirishga doir kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, taʼlim sohasida oʻzbekistonlik mutaxassislarning Ozarboyjon davlat neft va sanoat universitetida malaka oshirishi toʻgʻrisida ham kelishib olindi.  

Поделиться