O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pekinda O‘zbekiston IIV akademiyasi vakillariga shahodatnomalar topshirildi

2019-07-03 | Jamiyat

Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kursantlari va o‘qituvchilari guruhiga xalqaro almashuv kursini o‘tashgani to‘g‘risidagi shahodatnomalarni topshirishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz vakillari mazkur universitetda bir oylik xalqaro almashuv o‘quv kursini o‘tadi.

Marosimda XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi universiteti rahbarining o‘rinbosari Si Yanli O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolarini qisqa muddatli tahsilni muvaffaqiyatli yakunlaganligi bilan qutlar ekan, Janubiy Koreya, Germaniya, Vengriya, Indoneziya universitetlari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mazkur oliy o‘quv yurti bilan kadrlar tayyorlash va xalqaro almashuvlar tizimini yo‘lga qo‘ygan beshinchi xorijiy oliy ta’lim muassasasi ekanligini alohida qayd etdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bundan ikki yil avval Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga tashrifi chog‘ida bu sohada yuqori malakali, professional kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy tarkibning kasb mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy bilimini puxta shakllantirish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar bergan edi.

Bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning amaliy natijasi o‘laroq, 2017 yil mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda XXR Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida memorandum imzolangan edi. Mazkur hujjatda kadrlar almashish, ularni tayyorlash va malakasini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik singari masalalar o‘z ifodasini topgan.

O‘zaro hamkorlik doirasida 2018 yil aprel-may oylarida IIV akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari va kursantlari XXR Jamoat xavfsizligi universitetida malaka oshirib qaytdi.

Shuni ham qayd etish joizki, sohadagi zamonaviy bilimlar samarali o‘zlashtirilishi maqsadida O‘zbekiston tomonining takliflarini e’tiborga olib, XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi universiteti mamlakatimiz Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari uchun maxsus o‘quv dasturini tayyorladi.

- Biz bu yerda jinoyatchilikning oldini olish, ularni fosh etish va boshqa yo‘nalishlarda o‘z bilimlarimiz qamrovini yanada kengaytirishga muvaffaq bo‘ldik, - dedi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2-bosqich kursanti Guljavhar Bozorboyeva. - XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi universitetida orttirgan bilim hamda tajribaimiz kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatimizda asqotishiga ishonamiz.

Tomonlar o‘rtasida imzolangan O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumga muvofiq, joriy yil iyul oyida XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi universitetining talaba va o‘qituvchilari guruhi bir oylik xalqaro almashuv o‘quv kursini o‘tashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga borishi rejalashtirilgan.

Поделиться