O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport turizmi: “Doordarshan Sport” telekanalida O’zbekiston turizmi targ’ib etilmoqda

2019-07-03 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi yurtimizning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida ushbu turnirni yoritishga “Doordarshan Sport” kanali vakillarini ham taklif etdi. 29 va 30-iyun kunlari “DD Sport” kanalida “Xalqaro Bahodirlar o‘yinlari” haqida batafsil hikoya qilindi.

“DD Sport” 1998-yilda asos solingan Hindiston davlat telekanali hisoblanadi. Telekanal kecha-yu kunduz sun’iy yoldosh orqali butun mamlakat bo‘ylab efirga uzatiladi.  Efirlar ingliz va hind tillarida olib boriladi. Kanal auditoriyasi kuniga 100 milliondan ortiq tomoshabinni tashkil qiladi. 

Ushbu ko’rsatuvni ko’rgan millionlab hind tomoshabinlarida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish ortishi va yurtimizga tashrif buyurish istagi uyg’onishi aniq.

“Doordarshan Sport” telekanali ijodiy guruhi Xivadagi turnirdan tashqari yurtimizning boshqa - Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari bo’ylab ham tasvirga olish ishlarini amalga oshirishdi. Yaqin kunlarda ushbu hududlar haqida alohida ko‘rsatuvlar efirga uzatilishi kutilmoqda.

Поделиться