O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YUNESKOning butunjahon merosi bo‘yicha yig‘ilishida Shahrisabz to‘g‘risida qaror qabul qilindi

2019-07-03 | Siyosat

2019-yilning 2-iyul kuni YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan 43-sessiyasi chog‘ida “Shahrisabzning tarixiy markazi” butunjahon merosi obyekti borasida qaror qabul qilindi. Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduxakimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Hujjat O‘zbekiston rahbariyatining butunjahon merosi obyektlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rayotgan choralarini, xususan tarixiy shaharlardagi barcha qurilish ishlarini to‘xtatib qo‘yich to‘g‘risidagi hukumat qarorini qo‘llab quvvatlaydi. U shaharni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflarni o‘z ichiga oladi va Shahrisabz shahrini butunjahon merosi ro‘yxatida qoldirish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra qaror o‘tgan bir yil davomida tashkilot bilan olib borilgan kompleks muloqotlarning natijasi bo‘ldi. 2014-yildan buyon birinchi marta Butunjahon merosi qo‘mitasi O‘zbekistonning madaniy merosni saqlab qolish masalalarida YUNESKO bilan ishlash tarafdori ekanligini e’tirof etdi va tomonlarning 2016-yildan beri hamkorligini ijobiy baholadi.

YUNESKO bundan buyon Shahrisabzning butunjahon merosi ro‘yxatidan chiqarib tashlash to‘g‘risida talab qo‘ymayapti va keyingi ikki yil davomida shaharni qayta tiklash bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqishni taklif qilyapti.

Поделиться