O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimizdagi 61 ta asosiy suv olish nuqtalarida “Smart Water” qurilmasini o‘rnatish ishlari davom etmoqda

2019-07-02 | Jamiyat

Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Prezidentimizning 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish” konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
 
Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi To‘lqin Eshnazarov so‘nggi yillarda kuzatilayotgan suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining asosiy qismi yaroqsiz holatga kelgani sug‘oriladigan ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan chiqib ketishiga sabab bo‘lganini qayd etdi. 2008-2017 yillarda sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilishi natijasida 1,7 million gektardan ortiq sug‘oriladigan maydonning meliorativ holati yaxshilanishiga erishilgan edi.
 
– Mazkur hujjat mamlakatimizda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritishdan iborat, – deydi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshaev. – Endilikda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi, yer va suv resurslaridan foydalanish holatini geoaxborot tizimi orqali monitoring qilish, yerni masofadan zondlash tizimlaridan keng foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tizimi tubdan takomillashtiriladi. Bunda hududlarning tuproq, iqlim sharoitlari va suv bilan ta’minlanganlik darajasi, ichki va tashqi bozorda mahsulotga bo‘lgan talab, daromadliligi asosiy mezon bo‘lishi kerak.
 
Muhokamalarda asosiy e’tibor suv tanqis hududlarda kam suv talab qiladigan, suvsizlikka chidamli va suv to‘plash xususiyatiga ega bo‘lgan ekinlarni joylashtirishga qaratildi. Mutaxassislar tarmoqlarni intensiv rivojlantirish talabidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish sxemalarini takomillashtirish, maydon birligi hisobiga ko‘chat sonini maqbul darajagacha oshirish bo‘yicha bir qator takliflar kiritdi.
 
– Ayni paytda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga katta e’tibor qaratganmiz, – deydi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ro‘ziboev. – Bu borada Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA)ning 7 million AQSh dollar qiymatidagi grant mablag‘i hisobiga respublikamizdagi 61 ta asosiy suv olish nuqtalarida “Smart Water” qurilmasini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 2022 yilgacha ushbu loyihani 400 ta suv olish nuqtasiga joriy qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.
 

A.MUSAEV

Поделиться