O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiyalik investorlar “Baxt koʻli” investitsiya loyihasi yuzasidan muzokaralar o’tkazishdi
2019-07-02 | Turizm
1-iyul kuni poytaxtdagi Bektemir tumani hokimligida Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti taklifiga binoan Hasan Ilbay boshchiligidagi turkiyalik investorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Unda Bektemir tumani hokimi, departament vakillari hamda investorlar ishtirok etishdi. Uchrashuv doirasida xorijlik sarmoyadorlar bilan tumandagi “Baxt koʻli” investitsiya loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Turkiyaning “Ilbay Inşaat Enerji San. Tic” kompaniyasi vakillari ushbu loyiha boʻyicha taqdimot oʻtkazishdi. Investor “Baxt koʻli” loyihasi uchun ajratilgan 60 gektar hududda zamonaviy koʻp tarmoqli turistik koʻngilochar maskan barpo etish boʻyicha oʻz takliflarini berdi.
Shuningdek, uchrashuvda loyiha yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik qilish masalalari koʻrib chiqildi va kelgusida muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.