O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bu yil abituriyentlarni qanday yangiliklar kutmoqda?

2019-07-02 | Ta’lim

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi mutasaddilari 2019/2020 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassalariga qabul boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish jarayoni haqida jurnalistlarga maʼlumot berdi.

Aytilishicha, bu yilgi test topshiriqlarini shakllantirish uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha 140 nafardan ortiq ekspertlar guruhi tuzilgan. Ular 180 mingdan ortiq test topshiriqlarini shakllantiradi. Test topshiriqlarining oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillaridagi bir xilligi taʼminlanadi.
 
Joriy yilda namunaviy test topshiriqlari 1500 dan ortiq abituriyent ishtirokida aprobatsiyadan oʻtkazildi, ishonchliligi, murakkablik darajasining toʻgʻri tanlanganligi oʻrganildi, 74 mingdan ortiq test topshirigʻi statistik tahlil qilindi. Xato-kamchiliklar tuzatildi, ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
 
DTM mutaxassislari bu yilgi test topshiriqlari bazasini shakllantirishda Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya kabi mamlakatlar tajribalari oʻrganilganini aytdi. Yangilik sifatida test topshiriqlarida grafik, yozuvsiz karta, rasmlar qoʻllanilayotgani qayd etildi.
 
Taʼkidlanishicha, faoliyatning ochiqligini taʼminlash maqsadida yangi oʻquv yilidan boshlab Davlat test markazida mavjud test topshiriqlari bazasini jamoatchilik uchun ochib qoʻyish rejalashtirilmoqda. 
 
Bugungi kunda test sinovlarini oʻtkazish uchun mamlakat boʻyicha 69 bino tanlangan. Ularning eng kattasi 1710, eng kichigi 240 oʻrinlidir. Bu binolarda bir kunda 2 ta smenada 1 ming 277 ta guruhda jami 38 ming 310 abituriyent test topshirishi moʻljallangan. Test sinovlarining adolatli oʻtishini taʼminlash maqsadida bir kunda 2 ming 554 nafar nazoratchi jalb etilishi belgilangan.
 
– Bu yil abituriyentlardan olingan barmoq izi orqali test sinovlariga boshqalarning kirishi kabi qonun buzilishlarga barham beriladi. Natijada oʻz bilimiga ishonib imtihon topshirayotgan yoshlarning imkoniyati yanada kengayadi, – dedi Davlat test markazi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Qahramon Haqberdiyev.
 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda binolar uchun 1 ming 155 tadan ortiq videokuzatuv kameralari, 120 dona mobil aloqalarini toʻsuvchi qurilma, barmoq izi asosida tanish vositalari tayyorlanmoqda.
 

 

Muhayyo TOSHQORAYEVA

Поделиться