O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzaxdagi fojiadan soʻng... Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi: “Barcha attraksionlar zudlik bilan davlat nazoratidan oʻtkazilishi kerak”

2019-07-01 | Jamiyat

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Bosh vazir Kotibiyatiga dam olish maskanlarida baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida hududlardagi barcha attraksionlarni davlat nazoratidan oʻtkazish boʻyicha soʻrovnoma yuborildi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasida shu yilning 28-iyun kuni Jizzax shahar, “Navroʻz” mahallasi hududidagi “Istiqlol” bolalar istirohat bogʻidagi YATT “Mamatqulov Burxon”ga tegishli boʻlgan “Uchar likopcha” attraksionining uzilib ketishi oqibatida oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisa muhokama qilindi.

Muhokamada joyidan olingan hujjatlar va voqea tafsilotlari batafsil tahlil qilindi. Tahlil natijalari asosida dastlabki voqeaga sabab boʻlgan omillar sanab oʻtildi.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining rais v.b. B.Gulyamov va qoʻmitaning tegishli rahbar va mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan muhokamada soʻzga chiqqanlar bir ovozdan mazkur voqea yuzasidan qatʼiy choralar koʻrilishi zarurligini aytishdi.

Xususan, dam olish maskanlarida mazkur va shunga oʻxshash baxtsiz hodisa va favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida hududlardagi barcha attraksionlarni zudlik bilan davlat nazoratidan oʻtkazilishi kerakligi taʼkidlandi.

Majlis yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisiga, shuningdek, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyatiga dam olish maskanlarida baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida hududlardagi barcha attraksionlarni davlat nazoratidan oʻtkazish boʻyicha soʻrovnoma yuborildi. Unda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar, Madaniyat, Ichki ishlar vazirliklari va “Oʻzenergonazorat” inspeksiyasi vakolatli vakillardan iborat ishchi guruhlar tuzish hamda attraksionlarni nazoratdan oʻtkazish boʻyicha tegishli farmoyish chiqarish nazarda tutilgan.

Voqea joyida maxsus komissiya tomonidan tekshirish ishlari boshlandi.

Поделиться