O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston milliy mahsulotlari Afgʻoniston bozorida

2019-07-01 | Iqtisodiyot

Afgʻoniston Islom Respublikasining Mozori-Sharif shahrida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi ish boshladi.

Mazkur koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston – Afgʻoniston biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Forumni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad - ikki mamlakatning savdo iqtisodiy munosabatlari hamda eksport salohiyatini rivojlantirishdir.
 
Avtomobilsozlik, farmatsevtika, transport va logistika, toʻqimachilik, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarining savdosini rivojlantirish istiqbollari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi. Termiz shahrida tashkil etiladigan “Oʻzbekiston – Afgʻoniston” chegaraoldi savdo hududi boʻyicha tayyorlangan videolavha ham namoyish etildi.
 
Koʻrgazmaning 10 dan ziyod boʻlimida milliy mahsulotlarimiz namoyish etilmoqda. Kimyo va qazilma xomashyolarni qazib olish, neft-gaz, elektr texnika, iqtisodiyotning agrar sektori va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, toʻqimachilik sanoati, charm-poyabzal, farmatsevtika, xalq-amaliy sanʼati, tibbiyot va taʼlim, transport xizmatlari boʻlimlari shular jumlasidan.
 
Avtomobilsozlik va mashinasozlik tarmogʻi boʻlimida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan “Ravon“, Spark, Neksiya, Kobalt, Damas yengil avtomashinalari, “SamAvto” qoʻshma korxonasining 30 va 40 oʻringa moʻljallangan avtobuslari, paxta tozalash uskunalari, traktorlar, universal chopiq uskunalari, paxta terish kombaynlari, turli rusumdagi traktorlar namoyish etilmoqda.
 
Mazkur koʻrgazma Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish barobarida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Поделиться