O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moʻgʻuliston Oʻzbekistonning chorvachilik borasida yirik hamkoriga aylanadi

2019-07-01 | Iqtisodiyot

Davlatimiz rahbarining shu yil Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bildirgan taklifiga binoan, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.Norqobilov boshchiligidagi mamlakatimiz veterinar va chorvadorlaridan iborat delegatsiya Moʻgʻuliston Respublikasida safarda boʻldi.

Tashrif mobaynida Moʻgʻuliston Respublikasining veterinariya va chorvachilik sohasidagi tajribalarini oʻrganish, mamlakatimiz iqlimiga mos yoʻnalishlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, goʻsht va goʻsht mahsulotlari hamda mayda va yirik shoxli mollarning xususiyatlari bilan bevosita tanishildi. Ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida chorvachilik mahsulotlari oldi-sotdi jarayonlarini amalga oshirishga keng sharoitlar yaratish muhokama qilindi.
 
Moʻgʻuliston Prezidentining xalqaro siyosat boʻyicha maslahatchisi Tengshjargal Tyumen, Oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va yengil sanoat vazirining oʻrinbosari Sauli Janimxan, Veterinariya agentligi rahbari Tyumendemberel Dorniyam, Moʻgʻuliston milliy rivojlanish Agentligi qoshidagi Investitsiya markazi direktori Dashdemberel Natsagdori kabi hukumat vakillari bilan uchrashuv chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning samaradorligi va istiqboldagi rejalar boʻyicha kelishuvlar keng muhokama qilindi.
 
Shuningdek, safar davomida Moʻgʻuliston milliy savdo-sanoat palatasi hamda yirik ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi.
 
Bundan tashqari, mamlakatimiz delegatsiyasi mutaxassislari chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, goʻsht kombinatlari hamda xoʻjaliklarda boʻlib, bu boradagi tajribalarni oʻrgandi.
 
– Moʻgʻuliston tomoni yurtimizning gʻarbiy oʻlkasi hisoblangan Xovd shahridan logistik markaz sifatida foydalanishni taklif qiladi, – deydi Moʻgʻuliston Prezidentining xalqaro siyosat boʻyicha maslahatchisi Tengshjargal Tyumen muloqot chogʻida. – Yurtingizga goʻsht mahsulotlarini eksport qilish uchun transport koridori yaratishda, chorva mahsulotlarini havo yoʻli orqali yuborish hamda ushbu yoʻnalish orqali Oʻzbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini bizga yetkazib berish, shuningdek, chorva mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilishda bu joy qulay hudud sanaladi.
Maslahatlashuvlar yakunida Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston davlatlari oʻrtasida yirik va mayda shoxli mollar hamda ot goʻshtini eksport va import qilish boʻyicha xalqaro veterinariya sertifikati, tirik hayvonlarni eksport va import qilish boʻyicha kelishuv, veterinariya xizmatlari hamkorligini kengaytirish, epizootik monitoring va laboratoriya tashxislari, maʼlumot almashish hamda malaka oshirish boʻyicha kelishuv, har ikki davlat kompaniyalari oʻrtasida savdo sotiq qilish boʻyicha memorandum imzolandi.

Поделиться