O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston milliy valyutasi – soʻmning muomalaga kiritilganiga 25 yil toʻldi

2019-07-01 | Iqtisodiyot

1994-yil 1-iyul kuni soʻm Oʻzbekiston hududida yagona toʻlov vositasi sifatida muomalaga kiritilgan. Oʻsha yili 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻmlik banknotlar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar chiqarilgan.

1997-yil 1-martdan 200 soʻmlik banknot va 1, 5, 10 soʻmlik tangalar, 2000-yil 1-iyunda 500 soʻmlik nominaldagi banknotlar muomalaga kiritilgan. 
 
Bundan tashqari, 1999-yil 20-oktyabrdan Jaloliddin Manguberdining 800-yilligi munosabati bilan 25 soʻmlik, 2002-yil 1-noyabrdan Shahrisabz shahrining 2700-yilligiga bagʻishlab 50 soʻmlik, 2009-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahrining 2200-yilligi munosabati bilan ikki xil koʻrinishdagi 100 soʻmlik metall tangalar muomalaga kiritilgan. 
 
Mamlakatimizda 1000 soʻm qiymatdagi banknot 2001-yilda, 5000 soʻmlik kupyura oradan 12 yil oʻtib, yaʼni 2013-yilda muomalaga kiritilgan. 10 000 va 50 000 soʻmlik banknotlar esa 2017-yilga kelib muomalaga chiqarildi. 2019-yilning 25-fevralidan boshlab qiymati 100 000 soʻmlik banknot muomalaga chiqarildi.

Поделиться