O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda yangi rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi

2019-07-01 | Jamiyat

“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Toshket qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” aksiyadorlik jamiyatida yangi mahsulot – “TTZ-812” rusumidagi traktorlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Ilgarilari korxonada 7 turdagi traktorlar ishlab chiqarilgan boʻlsa, endilikda ularning soni 10 taga yetdi.
 
Korxona konveyerlaridan chiqayotgan “TTZ 100 HC”, “TTZ-811”, “NEW HOLLAND”, “Belarus” singari traktorlar, 2 turdagi paxta terish mashinaci, shuningdek, yuk tashishga ixtisoslashgan tirkamalar bugun nafaqat mamlakatimizda, balki uzoq xorijda ham maʼlum va mashhur. 2018-yilda korxonada 3 ming 817 ta turli rusumdagi traktor, 128 ta paxta terish mashinasi, 427 ta tirkama ishlab chiqarilgan. Tayyor mahsulot esa mamlakatimizdagi dehqon va fermer xoʻjaliklariga yetkazib berilgan.
 
– Joriy yilning oʻtgan davrida korxonamizda 144 milliard soʻmdan ziyod qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarildi, – deydi “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining oʻrinbosari Shavkat Baymetov. – Bundan tashqari, mahsulotlarimiz turlari qatoriga yangi rusumdagi “TTZ-812” traktori ham qoʻshildi. Shuningdek, AQSHning CNHI (Case “NEW HOLLAND”) kompaniyasi bilan hamkorlikda gorizontal shpindelli paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
 
Yaratilgan imkoniyatlar tufayli tizimda yil sayin oʻzgarishlar, yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
 
 
A.Musayev

Поделиться