O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro mehnat tashkiloti maslahatchisi bilan uchrashuv

2019-06-28 | Siyosat

2019-yil 28-iyun kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) texnik masalalar bo‘yicha bosh maslahatchisi Yonas Astrup bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Yonas Astrup O‘zbekistonda XMT tavsiyalarini ro‘yobga chiqarish, 144-sonli Konventsiyani ratifikatsiya qilish borasida erishilgan ijobiy natijalarga yuqori baho berdi. Uning fikricha, “O‘zbekiston Prezident Sh.M.Mirziyeyov rahbarligida AQSh Davlat departamentining odam savdosi bilan bog‘liq vaziyat xususidagi yillik hisobotida o‘z reytingini oshirishda misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy etdi”.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli dolzarb masalalar yuzasidan amaliy muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Поделиться