O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlarga oid davlat siyosati masalalari muhokama etildi

2019-06-28 | Siyosat

“O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi yangicha yondashuvlar: dastlabki natijalar, dolzarb muammolar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida konferentsiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 21-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida so‘zlagan nutqida parlament yuqori palatasi oldiga qo‘ygan vazifalar mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda 2019-yil 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Moliya, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Yuksalish” umummilliy harakati, YuNESKO jamg‘armasi, xalq deputatlari Toshkent viloyati va Toshkent shahar Kengashlari hamda boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi yangicha yondashuvlar: dastlabki natijalar, dolzarb muammolar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida konferentsiya o‘tkazildi.

Unda Qo‘mita a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, moliya muassasalari, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularga o‘z intilish va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyat va davlat rivojiga munosib hissa qo‘shishlari uchun barcha imkoniyatlar   -  yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy ustuvor maqsadlaridan biridir. Bunda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning mustahkam huquqiy asosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiloqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va amaliy ko‘magi asosida Yoshlar ittifoqi faoliyatiga doir jami 40 ta qonun va qonunosti hujjati qabul qilindi. Yoshlar masalalari bilan bog‘liq 70 ga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Yoshlar salohiyatini ezgu maqsadlarga yo‘naltirish, ularni konstruktiv g‘oyalar atrofida birlashtirish bo‘yicha ham aniq choralar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya va “Yoshlar klubi”tuzildi.

Mamlakatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, har bir sohadagi samarali faoliyati, yutuqlari va iqtidorlarini munosib baholash va rag‘batlantirib borish maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti hamda “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil qilingan sana - 30 iyun mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida belgilandi. Bu o‘z navbatida tegishli davlat tuzilmalari va jamoatchilik e’tiborini yana bir bor yoshlar bilan bog‘liq masalalarga qaratishga, galdagi vazifalarni belgilab olishga xizmat qildi.

Yosh tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish va ular bandligini ta’minlash - malakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining yana bir muhim yo‘nalishidir. Shu maqsadda  2018 yil 27 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan. 2018 yil 1 iyuldan boshlab respublikamizning barcha hududlarida “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi amalga oshirilmoqda va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tashkil etildi.

Biroq, anjumanda qayd etilganidek, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasidagi loyihalar to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur.

Mas’ul davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yoshlar masalalariga doir yangi tashabbuslarni aynan yoshlar bilan bevosita muloqotlar asosida shakllantirish, bu borada o‘zaro hamkorlikni amalda samarali yo‘lga qo‘yishga e’tiborni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Konferentsiya yakunlariga ko‘ra, muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilindi.

Поделиться