O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va sanoat siyosati strategiyasi jamoatchilik va ekspertlar diqqat markazida

2019-06-28 | Siyosat

2019-yil 28-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining 2025-yilgacha mo‘ljallangan investitsiya va sanoat siyosati strategiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Senati, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi tadbir tashkilotchilari bo‘ldi.

Tadbirda Senat a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar vakillari, hokimlarning investitsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, mamlakatimiz va xorijiy konsalting kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, biznes-hamjamiyat ekspertlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati ishlab chiqilayotgan Strategiya maqsadlari va vazifalarini, O‘zbekiston Respublikasi amalga oshirilayotgan investitsiya va sanoat siyosatining asosiy ustuvorliklarini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek fikr almashish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish uchun tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari jiddiy pasayishiga duch kelganini qayd etdi. Bunday sharoitlarda O‘zbekiston milliy iqtisodiyotga katta miqdorda investitsiyalar kiritilishiga ko‘maklashadigan chuqur tarkibiy islohotlar o‘tkazishga intilmoqda. Axir iqtisodiy yangilanish va o‘sish jarayonlari investitsiyalar hajmlari va tarkibi, ularni amalga oshirish sifati va muddatlari bilan belgilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha mo‘ljallangan investitsiya va sanoat siyosati aynan mamlakatda investitsiya faoliyatini kuchaytirishga, tegishli muhitni yaxshilashga qaratilgan. Hujjat xalqaro tajribani, investitsiya jarayonlarini rivojlantirish tendentsiyalari va muammolarini, respublika iqtisodiyotini, uning tarmoqlari va hududlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.

Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha aniqlab olingan: investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiyalarning ichki manbalarini faollashtirish va investitsiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, samarali operatsion chora-tadbirlarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va mahsulotning jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash sanoatni rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoqlarning innovatsion salohiyatini oshirish, sanoat uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish ham asosiy vazifalar orasida qayd etildi.

Mamlakatni rivojlantirish maqsadlari, vazifalari va ustuvorliklaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kontseptsiyasiga muvofiq Strategiyaning maqsadlari va vazifalari, o‘rta muddatli davrda investitsiya kiritishning ustuvor yo‘nalishlari shakllantirildi.

Islohotlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash, xalqaro miqyosda O‘zbekiston imijini ilgari surish, mamlakatda investitsiyalar jalb qilish uchun shart-sharoitlar shaffofligi darajasini oshirish va qulay muhit yaratish, investorlar huquqlarini himoya qilish, savdo logistikasini yaxshilash va xorijiy investorlar hamda mahalliy kompaniyalar o‘rtasida ishlab chiqarish-sotish aloqalarini rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini va ishbilarmonlik muhitini yaratish uchun mahalliy hokimiyat organlari rolini oshirish shular jumlasidandir. 

Bunda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalari va mexanizmlarini aniqlashga urg‘u berildi.

So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatga mo‘ljallangan investitsiya va sanoat siyosati strategiyasi xususiy biznesni rivojlantirish uchun investitsiya muhiti va shart-sharoitlarni yaxshilashga erishish imkonini berishini ta’kidlashdi, bu esa o‘z navbatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar oqimi oshishiga, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish hisobiga aholini jarayonlariga jalb qilishni oshirishga olib keladi.

Bunda byudjet va boshqa davlat resurslaridan foydalanish samaradorligini o‘sishi, korxonalarning o‘z mablag‘lari va jalb qilgan mablag‘lari hisobiga moliyaviy holati yaxshilanishi va investitsiya faolligi kengayishi iqtisodiyotning real sektoriga kredit ajratish samaradorligi oshishi bilan birga yuz beradi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik, davlat investitsiyalari va korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan kiritiladigan investitsiyalar 2025 yilgacha investitsiyalarning asosiy manbalari bo‘ladi. Amalga oshirilayotgan va istiqboldagi yangi investitsiya loyihalari doirasida 2019-2025-yillarda 80 mlrd. AQSh dollaridan ortiq miqdorda nomarkazlashtirilgan investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda ularning qariyb 30 foizi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi natijasida YaIMning asosiy kapitaliga investitsiyalar ulushi 2018-yldagi 22 foizdan 2025-yilda 28-30 foizga oshishi kutilmoqda. Bunda 2025-yilda jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2018-yildagi 1,8 mlrd. AQSh dollariga nisbatan 6,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.

Muhokama chog‘ida O‘zbekistonga xorijiy kapitalni jalb qilish sohasidagi muhim muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Biznes-hamjamiyat va konsalting kompaniyalari vakillari muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarlarini bildirdi.

Tadbir yakuni bo‘yicha mamlakat hududlari iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari va mexanizmlarini, usullarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Поделиться