O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyada ilk bor “O‘zbekiston animatsiya festivali” o‘tkazildi

2019-06-28 | Turizm

O‘zbekiston Prezidentining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik qilishga doir qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 23-iyun kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida ilk bor “O‘zbekiston animatsiya festivali” o‘tkazildi. Tadbir Yaponiyadagi O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi, O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, Yaponiya animatsiyaga boy davlat hisoblanadi. O‘zbekistonning animatsiya festivalida yaponiyaliklar o‘zbek madaniyati va urf-odatlariga katta qiziqish bildirishdi. Tadbir davomida 20 dan ortiq yapon fuqarosiga o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va urf-odatlari haqida tayyorlangan videoroliklar taqdim etildi.

“Festival ishtirokchilari bilan samimiy suhbat qurdik. Yaponiyaliklarga O‘zbekistonning turizm salohiyati, jumladan, qadimiy Buxoro, Samarqand, Xiva shaharlari va Farg‘ona vodiysi haqida ko‘plab ma’lumotlar berdik. Yapon aholisi o‘zbek milliy kiyimlariga katta qiziqish bildirishadi, tadbirda ham milliy chopon va do‘ppimizni hamda atlasdan tikilgan ko‘ylaklarni kiyib ko‘rishdi va esdalik uchun suratga tushishdi”, – deyishdi Yaponiyadagi O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi ishchi guruhi a’zolari Sitora Ahmedov, Izzatilla Gulyamov, Sardorjon Mamajonovlar.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonga sayohat qilishga qiziqayotgan yaponiyaliklar sonining kundan kunga ortib borishiga aynan Yaponiyada yashab, ishlab, o’qib yurgan vatandoshlarimiz tomonidan tashkil etilayotgan mana shunday tadbirlarning hissasi katta.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, o‘z navbatida, O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatayotgan vatandoshlarimizga minnatdorchilik bildiradi.

Поделиться