O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chempionlarning uchdan ikki qismi oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar boʻldi

2019-06-28 | Sport

20-27-iyun kunlari poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida shaxmat boʻyicha 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida XV Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDE)ning rasmiy turniri sanaladigan ushbu musobaqa Osiyo shaxmat federatsiyasi hamda Oʻzbekiston hukumati koʻmagida tashkil etildi. Musobaqada qitʼamizning 23 mamlakatidan kelgan qariyb 300 nafar yosh aql-idrok sohibi gʻoliblik uchun dona surdi. Maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi qitʼa birinchiligi 7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoshgacha boʻlgan jami 6 yosh toifasida oʻtkazilib, 12 nafar chempiondan naqd 8(!)tasini hamyurtlarimiz tashkil qildi.
 
7 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida bangladeshlik Varsiya Xusbu 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamgʻargan holda oltin medalga sazovor boʻldi. 9 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar orasida esa oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida ham chempionlikni mehmonlar ilib ketishdi. Oʻgʻil bolalar orasida eronlik Amir Jalolvand 7,5 ochko bilan gʻolib chiqdi. Qizlar oʻrtasida kechgan bellashuvlarda esa qoʻshni Qozogʻiston vakilasi Elnaz Kaliaxmet yuz foizlik natija bilan oʻziga xos sensatsiya qayd etdi.
 
Oʻzbekistondan chetga ketgan yana bir oltin medalni turkmanistonlik Azat Nurmamedov qoʻlga kiritdi. 17 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasidagi bahslarda ishtirok etgan ushbu yosh shaxmatchi 9 imkoniyatdan 7 ochko jamgʻardi va gʻoliblik shohsupasiga koʻtarildi.
 
Qolgan barcha oltin medallarni oʻzbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari qoʻlga kiritdi. Jumladan, oʻgʻil bolalar orasida oʻz yosh toifalarida Akbar Allaberganov (7 yosh), Mirabror Mirpoʻlatov (11 yosh), Muhiddin Madaminov (13 yosh), Samandar Shermuhamedov (15 yosh), qizlar oʻrtasida esa Afruza Hamdamova (11 yosh), Umida Omonova (13 yosh), Yuliya Xegay (15 yosh) hamda Ozoda Husainova (17 yosh) shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi. Mazkur natija bilan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
 
 
O.ESHMAMATOV, Muhammad AMIN (surat), OʻzA

Поделиться