O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Rossiyada o‘tkazilayotgan xalqaro harbiy-texnika forumida ishtirok etmoqda

2019-06-28 | Jamiyat

O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollanish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov rahbarligidagi O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi vakillari Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilayotgan “ARMIYA—2019” V xalqaro harbiy-texnika forumida ishtirok etmoqda.

Forum davomida turli davlatlarning korxona va kompaniyalarida ishlab chiqarilgan qurol-aslaha, harbiy texnika va harbiy-texnik mulklar namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi forum davomida turli davlatlar korxona va kompaniyalarining vakillari bilan qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika, harbiy-texnik mulk hamda zahira asbob va anjomlar bilan qurollantirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

huningdek, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni modernizatsiya qilish va ta’mirlash hamda muhandislik-texniklar tarkibini tegishli davlatlar korxonalariga tajriba almashinuviga yuborish, davlatlar o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
V xalqaro harbiy-texnik forum joriy yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.

Поделиться