O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasiga boradigan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

2019-06-28 | Jamiyat

Koreya Respublikasining Karantin hamda hayvon va o‘simliklar inspeksiyasi agentligi mamlakatda Afrika cho‘chqa grippi va parranda grippi tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar doirasida 2019-yilning 1-iyundan boshlab quyidagi go‘sht mahsulotlarini mamlakatga olib kirishni ta’qiqlaydi:

- go‘sht va go‘sht mahsulotlari: mol, cho‘chqa va tovuq go‘shtlari, vetchina, sosiska/kosbasa, quritilgan go‘sht, pishirilgan go‘sht, konservalar va hokazo;

- hayvon mahsulotlari: bug‘u shoxlari, suyaklar, patlar va hokazo;

- sut mahsulotlari: sut, pishloq, yog‘ va hokazo;

- tuxum va tuxum mahsulotlari: tovuq va qush tuxumlari, tuxum oqi, tuxum kukuni va hokazo;

- uy hayvonlari uchun ozuqa, yegulik, oziq-ovqat qo‘shimchalari va hokazo.

Yuqorida qayd etilgan go‘sht mahsulotlarini Koreya Respublikasiga qonunga xilof tarzda olib kirishga harakat qilish 5 mln Koreya voni (1$= 1155,57 von) miqdoridagi jarima solinishiga asos bo‘ladi.

Jarimani to‘lamaslik mamlakatga 5 yil muddat ichida qayta kirishga ta’qiq qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.

Поделиться