O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Marokash Elchisi bilan uchrashuv
2019-06-27 | Siyosat
2019-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Marokash Podshohligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Boku shahrida) Muhammad Odil Embarshni qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidan so‘ng Vazir Elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan qutladi va O‘zbekiston-Marokash munosabatlarini mustahkamlashda muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat chogida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Marokash Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi delegatsiyalari o‘rtasida Toshkent shahrida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish dolzarbligi tasdiqlandi. Yangi darajadagi hamkorlikning asoslarini yaratish maqsadida munosabatlarning shartnoma-huquq bazasini kengaytirishga qiziqish bildirildi.
O‘zbekiston tomoni 2018-yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolutsiyasini qabul qilinshda faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Marokash tomoniga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Buxoro shahri 2020-yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarni o‘tkazishda hamkorlik qilishga tomonlar tayyor ekanligi qayd etildi.