O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Kumushkon” turizm qishlogʻida obodonchilik ishlari boshlab yuborildi

2019-06-27 | Jamiyat

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Kumushkon” mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbekistondagi birinchi Turizm qishlogʻini tashkil etish loyihasiga start berilgani haqida xabar berilgan edi.

Turizmni rivojlantirishda qulay ifratuzilma bilan bir qatorda dam olish maskanlarining toza va ozoda boʻlishi ham har qanday sayyoh eʼtibori ostidagi muhim jihat ekanini hisobga olgan mutasaddilar ishni “Kumushkon” hududini obodonlashtirishdan boshlashdi.  Oʻtgan hafta yakunida mazkur hudud va unga olib borib boruvchi yoʻllar atrofi tozalandi. Ekohashar tadbiri doirasida jami 2184 kv metr hududda tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

1700 nafardan ortiq yurtdoshimiz ishtirok etgan hasharda barcha bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda mehnat qildi. Ekohasharda asosan Parkent shahridan Kumushkon qishlogʻiga olib boruvchi yoʻl chekkalari va qishloqdagi dam olish maskanlari hududlariga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Toshkent viloyati Turizm departamenti mutasaddilari bilan birgalikda avtoyoʻl korxonasi, kommunal, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar  hamda fermer xoʻjaliklari  vakillari ham ishtirok etishdi.

Tabiat qoʻyniga madaniy hordiq olish uchun borgan kishilar oʻzlaridan keyin atrofda chiqindilar qoldirmasligi va eng muhimi, ona tabiatga zarar yetkazmasligi hamda hudud flora va faunasiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish zarurligini yana bir bor yodimizga soluvchi bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazishga kelishib olindi. Taʼkidlash joizki, Turizm qishlogʻi loyihasiga koʻra, mazkur hududda 50 mehmon uyi, 20 xonadon negizida etnoqishloq, 20 xonadonni oʻz ichiga oluvchi milliy taomlar qishlogʻi, 15 xonadonni qamrab olgan hunarmandlar qishlogʻi, 10 xonadon jalb qilingan holda, sanʼatkorlar qishlogʻi va 20 xonadonda agroturizm qishlogʻini yaratish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, bu yerda zamonaviy mehmonxona, xalq kutubxonasi, yoshlar ijodiyot markazi, xalq oʻyinlari va sport namoyishlari maydonchasi, oʻtovlar shaharchasi, sayyohlar uchun tibbiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, sunʼiy sharsharalar hamda 7 mavsumiy dam olish maskani tashkil qilinadi.

Поделиться