O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy Koreya bilan oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi

2019-06-26 | Ta’lim

Janubiy Koreyaning Vusong universiteti Prezidenti, Doktor Djon Endikot boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya rahbariga Vusong taʼlim jamgʻarmasi boshqaruv kengashi aʼzosi Sang Xan Kim hamda Vusong universitetining Boshqaruvni rejalashtirish departamenti direktori Byungik Jung hamrohlik qildi. Mehmonlarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inom Madjidov qabul qildi.
 
Ikki tomonlama boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida oliy taʼlim sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash borasida aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
 
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Janubiy Koreyaning Vusong universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Поделиться