O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oziq-ovqat xavfsizligi, yer va suvdan samarali foydalanish va boshqa yoʻnalishlardagi Oʻzbekiston tashabbuslari yuqori baholandi

2019-06-26 | Iqtisodiyot

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev nutq soʻzladi.

Vazir dastlab butun dunyo eʼtiborini tortayotgan muammo - oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.

Albatta, bu masalani hal etishda har bir davlatning oʻziga xos oʻrni borligi, Oʻzbekiston bu borada qoʻshni davlatlar bilan yaqin hamkorlikni oʻrnatish orqali Markaziy Osiyo mintaqasida savdo-sotiq tartiblarini soddalashtirish borasidagi koʻplab muammolarni yechishga muvaffaq boʻlayotgani sezilarli natijalarni berayotganligi aytildi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan mamlakatimizning besh yillik taraqqiyot strategiyasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sohasida yangicha institutsional islohotlar olib borilayotgani nufuzli anjuman ishtirokchilari tomonidan yuqori baholangan.

Bugun hech birimizni befarq qoldirmaydigan yana bir muammo bor. Jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan – Orol fojiasini bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni birlashtirish Oʻzbekiston tashqi siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biridir.

Vazir dengizning suv chekingan hududlarini oʻrmonzorga aylantirish choralari koʻrilayotganiga toʻxtalar ekan, bu borada BMT shafeligida Oʻzbekistonning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik trast fondi tashkil etilgani, koʻplab davlatlar bu jamgʻarma faoliyatini qoʻllab-quvvatlayotgani yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarayotganini mamnuniyat bilan alohida tilga olgan.

Qayd etilganidek, yaqinda Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasida aniq vazifalar belgilangan boʻlib, ayni paytda mamlakatimizda oʻzlashtirish imkoni boʻlgan 1 million gektardan ortiq maydondan qayta foydalanishga erishiladi. Shu boisdan Oʻzbekiston bu borada hamkorlar bilan ishlashga tayyor ekanligini maʼlum qilindi.

Qishloq hududlarini rivojlantirish, aholi, xususan, yoshlar bandligiga erishish yana bir muhim yoʻnalishlardan boʻlib, bu borada Prezidentimiz saʼy-harakati bilan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning qishloq xoʻjaligidagi oʻrnini oshirish borasidagi ishlarni kengaytirishga keng yoʻl berilmoqda.

Maʼruzada bayon etilgan masalalar konferensiya ishtirokchilari, xorijlik mutaxassislar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Поделиться