O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Botsvana chorvadorlari o‘zbek qorako‘liga qiziqish bildirmoqda

2019-06-25 | Iqtisodiyot

Poytaxtimizdagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Botsvana hukumati va chorvadorlaridan iborat yirik delegatsiya qabul qilindi.

Unda qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov, “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori o‘rinbosari Ziyodulla Pirnazarov, qorako‘lchilik bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, Botsvana oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vazirligi kotibi muovini Jon Kassius Moreki, chorvani parvarishlash departamanti rahbari Patrik Galek Zeyj, “Lobo ekinzorlari” fermer xo‘jaligi rahbari Balagi Jeferi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha iqtisodchi Mokje Sepo hamda klaster bo‘yicha ijrochi direktor Sobole Saonelar ishtirok etdi.
 
Uchrashuvda botsvanalik mutaxassislarning ma’ruzalari va agrobiznes bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Ta’kidlash joiz, mehmonlar o‘zbek qorako‘lchiligi bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik xususida fikr almashdi, mo‘yna va noyob xususiyatga ega qorako‘l terilarining Botsvana bozorida xaridorgir ekanligi, bu borada o‘zbek qorako‘lchiligi tajribasini o‘z mamlakatiga tatbiq etish istagi borligini bildirishdi.
 
– O‘zbekiston qorako‘l terilari dunyo bozorida juda xaridorgir va qimmat mo‘yna hisoblanadi. Shuning uchun yosh kadrlarimizni aynan shu mamlakatda qorako‘lchilik bo‘yicha bilim olishlarini xohlaymiz, – deydi Botsvana Respublikasining chorvani parvarishlash departamenti rahbari Patrik Galek Zeyj. – Shu bois, qorako‘lchilik sirlarini o‘rganish uchun bir guruh talabalarni yubormoqchimiz. Bu keyinchalik Botsvanada ham chorvachilikning qorako‘lchilik yo‘nalishi rivojlanishida muhim omil bo‘ladi.
 
Botsvana qishloq xo‘jaligi bo‘yicha iqtisodchisi Mokje Seponing e’tirof etishicha, mamlakatda ekin maydonlarining 75% chorvachilik uchun ajratilgan. Ushbu davlatda asosan qoramolchilik, parrandachilik va echkichilik yo‘nalishlari yaxshi rivojlangan. Go‘sht mahsulotlari esa Yevropa davlatlariga ekport qilinadi. Endilikda qorako‘lchilik yo‘nalishini ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
 
Uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, xususan sutchilik, parrandachilik va baliqchilik yo‘nalishlarida ham o‘zaro tajriba almashishga kelishib oldi.

Поделиться