O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasi bo‘yicha muzokaralarga doir
2019-06-25 | Siyosat
2019-yilning 19-25-iyun kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida davlatlararo chegarada demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish davom ettirildi.
Muloqot davomida chegarada Aerofototasvir ishlarini amalga oshirish talablari loyihasi ishlab chiqildi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida dala demarkatsiya ishlarini o‘tkazish, jumladan bu jarayonni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv an’anaviy do‘stlik ruhida o‘tdi.
Muzokaralar yakunlarida ishchi guruhlar rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov uchrashuv Bayonnomasini imzoladilar.