O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro moliya korporatsiyasi Sirdaryo viloyatidagi issiqlik elektr stansiyasida davlat-xususiy sherikligi loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda

2019-06-24 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni (DXSh) rivojlantirish agentligi aholi turmush darajasi hamda faravonligi va infratuzilma ob’ektlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, maktabgacha ta’lim sohalarida davlat-xususiy sherikligi asosidagi qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

 
 

Xususan, energetika sohasini oladigan bo‘lsak Energetika vazirligi, Jahon banki va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamkorligida Toshkent IESidagi eskirgan energobloklarni modernizatsiya qilish va yangi energobloklarni barpo etish bo‘yicha olib borilgan uchrashuvlar o‘z samarasini berib, xozirda ushbu loyihani hayotga samarali tadbiq etish bo‘yicha yakuniy xulosalar tayyorlanmoqda. Energetika yo‘nalishidagi DXSh asosidagi katta loyihalardan biri bu Sirdaryo viloyatidagi mavjud IESni yangilash jarayoni hisoblanadi.

Shu maqsadda Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan Sirdaryo IES loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Agentlik joriy yilning so‘ngiga qadar ushbu loyiha yuzasidan tender jarayonini boshlashni taklif qilmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari eng avvalo Sirdaryo IES loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kerakli ma’lumotlarni hukumat taqdim qilgan xolda, ushbu jarayonni yil ohiriga qadar boshlash imkoniyati mavjudligini qayd etdi. Muhokamalarda 2.6 gVt quvvatiga ega bo‘lgan, Sirdaryo IES loyihasi ikki bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Birinchi bosqichda quvvati 1.3 gVt bo‘lgan birlashgan-tsiklli gaz turbinli grinfild (greenfield) elektr stantsiyasini qurish masalasi o‘rganilmoqda. Tomonlar muhokamalar vaqtida shuningdek shamol va quyosh energetikasi potentsiali va bu borada ham DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Поделиться