Polshaning Opole shahrida yengil atletikaning balandlikka sakrash turi bo‘yicha "XIV Opolski Festiwal Skoków" turniri o‘tkazildi.
Dunyoning eng kuchli atletlari o‘rtasida o‘tgan mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini Nadiya Dusanova munosib himoya qildi. Nadiya keskin va murosasiz kechgan bahslarda italiyalik Alessiya Trost hamda ukrainalik Irina Geraщenkoni ortda qoldirib oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Endi atletimiz Fransiyada o‘tadigan "Meeting Elite de Montgeron" musobaqasida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Nadiya Dusanova 4-7 iyun kunlari Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisi oltin medallarini qo‘lga kiritgan edi.