O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yillik tadbirlar taqvimi web-sahifasi yaratildi

2019-06-24 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan mahalliy aholi hamda xorijiy sayyohlar xabardorligini ta’minlash maqsadida alohida web-sahifa ishlab chiqildi.

urizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xorijiy mamlakatlar sayyohlarini O’zbekistonda o’tkazilayotgan madaniy-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilish bo’yicha faol ish olib bormoqda.

Sayyohlarni mamlakatimizda, ayniqsa, joylarda boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda ishtirok etishga koʻproq jalb etish, ularni mazkur tadbirlar toʻgʻrisida toʻliq xabardor qilish hamda sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida yurtimizda yil davomida oʻtkaziladigan yirik tadbirlarning (madaniy, koʻngilochar, sport va hokazo) aniq muddatlari va joylari koʻrsatilgan holda tadbirlar toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlarni jamlagan uzevent.com web-sahifasi yaratildi.

Mazkur web-sahifa orqali xorijiy va mahalliy sayyohlar Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishlari hamda oʻz sayohat dasturlarini oʻzlarini qiziqtirgan tadbirlar oʻtadigan kunga qarab belgilab olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Ta’kidlash joizki, uzevent.com web-sahifasi dastlab uch - oʻzbek, rus va ingliz tillarida yoritib boriladi. Keyinchalik, fransuz, italyan, nemis, ispan, xitoy, yapon va koreys tillari ham kiritilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, qoʻmita mutaxassislari tomonidan web-sahifaning mobil ilovasini yaratish rejalashtirilmoqda. Sayyohlarga yillik tadbirlar taqvimi qulay koʻrinishda taqdim etiladi.

Поделиться