O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Huawei O‘zbekistondagi hamkorlik biznesiga ko‘proq imkoniyatlarni jalb qiladi

2019-06-21 | Texnologiyalar

Toshkent shahrida navbatdagi Huawei 2019 hamkorlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

21 iyun kuni kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi korporativ segmentda faoliyat olib boradigan hamkorlari uchun Huawei 2019 hamkorlik konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiya IT sohasidagi mahalliy va global tendensiyalar, O‘zbekiston bozorida hamkorlikdagi biznesni rivojlantirish istiqbollari, yangi texnologik yechimlar va mahsulotlar muhokama etiladigan o‘ziga xos maydon hisoblanadi.

Hamkorlar Huawei kompaniyasining korporativ biznesida muhim rol o‘ynashda davom etishmoqda. Hamkorlar bilan ishlashni yanada samarali darajaga ko‘tarish — 2019 yil uchun Huawei kompaniyasining asosiy vazifasi etib belgilangan. Shu bois o‘tgan yilning oxirida Huawei hamkorlik biznesini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni ko‘paytirishga doir strategik qarorni qabul qilgan. Huawei Enterprise korporativ yo‘nalishining vakillari hamda sotuv va yechimlar bo‘yicha hamkorlar O‘zbekistonda 2019 yil uchun belgilangan hamkorlik dasturining muhim yangiliklari haqida so‘zlab, tarmoq, uzilishsiz quvvatlash tizimlari, ma’lumotni saqlash tizimlari, unifikatsiyalangan kommunikatsiyalar va data-markazlar yo‘nalishidagi yechim va texnologiyalarni qo‘llash; raqamli o‘zgarish sohasidagi zamonaviy trendlar, amalga oshirilgan loyihalar va Huawei kompaniyasining korporativ bozordagi muvaffaqiyatlari haqidagi misollar bilan o‘rtoqlashdi.
 
Bundan tashqari, Toshkent shahrida “xavfsiz shahar” tizimini loyihalash va yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonning yaqin yillardagi innovatsion rivojlanish strategiyasiga oid mavzular alohida e’tiborni jalb qildi.
 
– 2019 yilda Huawei Enterprise O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish va texnik yordam, shu bilan birga, korporativ mijozlar, jumladan davlat segmenti uchun LTE texnologiyasi asosida ma’lumotlarni saqlash tizimlari va yechimlari yo‘nalishida sezilarli savdo o‘sishini prognoz qilmoqda. Xabaringiz bor, biz Huawei kompaniyasida Safe City yechimlari bilan aloqador O‘zbekistondagi loyihalarga alohida e’tibor bilan yondashamiz, chunki bizning kompaniyamiz ushbu yechimni foydalanishga tayyor holatda taqdim qila oladi, shu bilan bir qatorda, “aqlli” ta’limni targ‘ib qiladigan loyihalarga ham katta qiziqish bilan qaraymiz. Yoshlar xavfsizligi va ta’limi — O‘zbekiston taraqqiyoti va barqarorligining garovidir. Hamkorlarimiz tufayli biz O‘zbekiston bozorida iqtisodiyotning turli sektorlariga AKT yechimlarni yetkazib beradigan ta’minotchilar orasida yetakchi pozitsiyani egalladik, – deydi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Lyu szyasin.
 
Huawei kompaniyasi — telekommunikatsion texnologiyalar sohasida jahondagi yetakchi kompaniyalardan biridir. U jahonning 170 dan ortiq mamlakatida o‘z filiallariga ega. Mobil aloqa operatorlari uchun mahsulot va yechimlar, ma’lumot uzatish tizimlari, optik qurilmalar, router, tarmoq uskunalari, shuningdek, smartfon, planshet, kompyuter va maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi hisoblanadi.

Поделиться