O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining Norvegiyaga tashrifi to‘g‘risida

2019-06-21 | Siyosat

2019-yilning 18-20-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Norvegiya Qirolligiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi Oslo shahrida Norvegiya parlamenti, tashqi ishlar va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirliklari, Norvegiya ishbilarmon doiralari va inson huquqlari tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Ine Soreyde O‘zbekistonning bu kabi yuqori darajadagi delegatsiyasi tashrifi ahamiyatini ta’kidlar ekan, ushbu tashrif mamlakat tashqi siyosatining ochiqligi va barcha sheriklar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi. Norvegiya tashqi siyosat idorasi rahbari O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi. Ine Soreyde qayd etganidek, Norvegiya O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor va yaqin vaqtda mamlakatimizga yuqori martabali delegatsiyani yuborishni rejalashtirmoqda.

Norvegiya deputatlari bilan muzokaralar chog‘ida Parlamentning tashqi ishlar va mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Anniken Hyutfeld ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidlar ekan, qonunchilik organlari delegatsiyalarining muntazam tashriflarini yo‘lga qo‘yishni qo‘llab quvvatladi.

Norvegiya Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzer bilan birgalikda Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha BMT ko‘psheriklik trast fondi taqdimoti o‘tkazildi. O‘zbekiston tomoni Norvegiya hukumatiga fond tashkil etilishini birinchilardan qo‘llab-quvvatlagani, jumladan, fond loyihalari amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘ ajratgani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi va Inson huquqlari bo‘yicha Norvegiya milliy instituti rahbariyati bilan uchrashuvlar davomida Norvegiya tomoni O‘zbekistonda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Norvegiya Xelsinki qo‘mitasining Bosh kotibi Byern Engesland so‘nggi yillarda O‘zbekistonning ushbu sohada erishgan yutuqlarini yuqori baholadi, Norvegiya huquqni himoya qilish tashkilotlarining o‘zbekistonlik sheriklari bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini izhor etdi. Shu munosabat bilan u joriy yilda Norvegiyaga inson huquqlarini ta’minlash sohasida tajriba almashishi uchun davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari tashrifini tashkil etishni taklif qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, moliyaviy va ta’lim xizmatlari, tog‘-kon va baliqchilik sanoati va boshqa sohalarda faoliyat yuritadigan Norvegiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Yaqin vaqtda Norvegiya biznesmenlari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish va aniq loyihalar taqdimotini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston vakillari Oslo shahrida Xavfsizlik masalalari bo‘yicha yillik forum va Norvegiya xalqaro munosabatlar institutida nutq so‘zladilar va O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar jarayoni, mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi Markaziy Osiyodagi ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘zladilar.

Поделиться