O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorijiy investor 800 ming AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritdi
2019-06-20 | Iqtisodiyot
Buxoro tumanida poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona faoliyat koʻrsata boshladi. ”Soltani Shoes” masʼuliyati cheklangan jamiyati negizida tashkil topgan korxonaga eronlik investor tomonidan 800 ming AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritildi.
Bu esa sexlarni zamonaviy texnologiya asosida jihozlash va eksportbop mahsulot tayyorlash imkonini berdi. 30 tadan ziyod yangi ish oʻrni yaratildi. Mahalliy xom ashyo asosida ishlovchi korxona yiliga 20 ming juft poyabzalni buyurtmachilarga yetkazish quvvatiga ega.
Taʼkidlash lozimki, mazkur loyiha davlatimiz rahbarining shu yil 29 – 30-mart kunlari Buxoro viloyatiga qilgan tashrifi paytida berilgan topshiriq va vazifalar doirasida amalga oshirildi. Joriy yil oxiriga qadar tumanda ana shunga oʻxshash umumiy qiymati 1,4 trillion soʻm boʻlgan 65 ta biznes loyihani roʻyobga chiqarish moʻljallangan.