Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Cheju shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha “Korea Cup” xalqaro turnirida ishtirok etdi.
Quvonarlisi, musobaqa terma jamoamiz yetakchisi, dunyo sport gimnastikasi afsonasiga aylangan sportchimiz Oksana Chusovitina uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Bugun o‘zining 44-bahorini qarshi olayotgan sportchimiz musobaqaning tayanib sakrash bahslarida 14.550 ball jamg‘ardi. Bu natija esa yakunda hamyurtimizga kumush medalni taqdim etdi.
“Korea Cup” musobaqasining ushbu yo‘nalishida g‘oliblikni mezbon sportchi Yo Song Jong qo‘lga kiritdi. Meksikalik taniqli tennischi Aleks Mareno esa shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Sport gimnastikasi. Korea Cup.
Tayanib sakrash, ayollar
1. Yo Song Jong (Janubiy Koreya) – 14.817
2. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14.550
3. Aleks Moreno (Meksika) – 14.367
Shu tariqa faxriy sportchimiz o‘zining tug‘ilgan kuniga munosib sovg‘a tayyorladi. Biz ham o‘z navbatida Chusovitinani ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab qolamiz.