O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boʻsh yer maydonlarida dorivor oʻsimliklar yetishtirish uchun 20 million dollar sarflanadi

2019-06-19 | Iqtisodiyot

Kanadalik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri taklifiga koʻra Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar viloyat hokimligida mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari bilan uchrashdi. Tadbirda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A.Karimov bugungi kunda xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish uchun Sirdaryo viloyatida barcha imkoniyatlar mavjudligi, eksport uchun imkoniyatlarini kengaytirish va qulay sharoitlar yaratish borasida katta salohiyatga ega ekani haqida maʼlumot berdi.
 
Viloyatda yengil sanoatni rivojlantirish va qurilish ashyolarini ishlab chiqarish uchun yetarli xom ashyo bazasi mavjud. Salkam 60 turdagi mahsulotlarni eksport qilayotgan 33 tadan ortiq eksportyor korxonalar faoliyat yuritmoqda. Viloyatning eksport xaritasi dunyoning 38 mamlakatini qamrab olgan boʻlib, eksportning asosiy hissasi Xitoy, Qozogʻiston, Eron va Rossiya kabi davlatlarga toʻgʻri kelmoqda.
 
Viloyatda Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning savdo uylari faoliyat koʻrsatayapti. Afgʻoniston, Tojikiston va Hindistonda 4ta savdo uylarini tashkil etish rejalashtirilgan.
 
– Kanadalik investorlarning tashrifi – Adliya vazirligi taklifi bilan amalga oshirildi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Jamshidxon Nuritdinov. – Investorlar viloyatga 20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan. Ushbu investitsiya loyihasida viloyatning boʻsh yer maydonlarida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish rejalashtirilgan. Bu esa xorij bilan hamkorlikdagi yana bir qoʻshma korxona barpo etilayotganidan va yangi ish oʻrinlari yaratilishidan dalolat.
 
Investorlarga ushbu dorivor oʻsimliklarni viloyatning Xovos hamda Sardoba tumanlari hududidagi boʻsh yer maydonlarida yetishtirish taklifi bildirildi. Mehmonlar taklif etilgan yer maydonlarini joyiga borib oʻrgandi.

Поделиться