Sport gimnastikasi: Oʻsmirlarimiz Vengriyada oʻtkazilayotgan jahon chempionatida ishtirok etishadi
27-30-iyun kunlari Vengriyaning Dyor shahrida sport gimnastikasi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.
66 ta davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilayotgan jahon birinchiligida yurtimiz sharafini Ravshanbek Mirzayev va Elvira Rakova murabbiyligida Fayoziddin Mamatqulov, Ravshan Kamiljanov, Oʻtkirbek Joʻrayev, Anna Silnova, Dildora Aripova hamda Anastasiya Miroshnichenko himoya qiladi.
Shuningdek, yurtdoshlarimizdan Ruslan Irgashev va Stella Koshechkina musobaqada hakam sifatida ishtirok etishadi.