O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida afg‘onistonlik xotin-qizlar tahsil oladi

2019-06-18 | Ta’lim

Shu yilning sentabridan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida afg‘onistonlik xotin-qizlarning ta’lim olishi boshlanadi. Bu haqda Yevropa tashqi munosabatlar xizmati ma’lum qildi.

Mazkur ta’lim loyihasi mana shu ikki mamlakatning BMT bilan hamkorligida ishga tushirildi. Dastur loyihasini ishlab chiqish ishlari yakunlandi va 2019-2020 o‘quv yilida hayotga tatbiq etila boshlanadi.
 
Birinchi talabalar sentabrda o‘qishni boshlaydi. Ta’lim ingliz tilida boshlanadi va keyin Afg‘onistonning o‘zi tanlaydigan sohalarga - asosan statistika va tog‘-kon sektoriga o‘tiladi.
 
“Afg‘oniston tomoni malakali mutaxassislar zarur bo‘lgan sohani belgilaydi. Taxminan 50 nafar, eng ko‘pi bilan 100 nafar xotin-qiz bu dasturda ishtirok etadi. Bu tajriba loyihasi, agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, u holda BMT bundan keyin ham loyihani qo‘llab-quvvatlayveradi”, – deya ma’lum qildi Yevropa tashqi munosabatlar xizmati.

Поделиться