Muloqotda jurnalistlar vazir Sherzod Kudbievga Koreya hamda O‘zbekistonda bugungi kunda qaysi kasblarga bo‘lgan talab yuqori yoki pastligi, bu borada kelgusida qilinishi rejalatirilayotgan ishlar borasida savol berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbari va mutasaddilari ishtirokidagi ochiq muloqot davom etmoqda.
Muloqotda jurnalistlar vazir Sherzod Kudbievga Koreya hamda O‘zbekistonda bugungi kunda qaysi kasblarga bo‘lgan talab yuqori yoki pastligi, bu borada kelgusida qilinishi rejalatirilayotgan ishlar borasida savol berdi.
– Asosiy talab ishchi mutaxassislarga bo‘lyapti, – dedi Sh.Kudbiev. – Bizda oddiy enagalar, payvandchilar, katta mashinalar haydovchilari, buldozer, kranchilar, elektriklar yetishmaydi. Ish beruvchilar xorijdan ishchi chaqirib ishlatadi, ularda qanoatsizlik sindiromi paydo bo‘lmoqda. Bu muammolarni oldini olish uchun kelgusida milliy malaka tizimi tashkil etiladi. Kelgusida O‘zbekiston fuqarolari malaka pasporti olishi mumkin.