O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Belarus Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish vaziri bilan uchrashuv
2019-06-18 | Ta’lim
17-iyun kuni Minsk shahrida (Belarus Respublikasi) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarovning Belarus Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish vaziri K. Shulgan bilan ishchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida aloqa va axborot-texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston-Belarus hamkorligining kelgusidagi istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan, uchrashuv doirasida telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, elektron hukumat, pochta aloqasi, AT-taʼlimi, loyihaviy va ilmiy, telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarish yoʻnalishlari hamda boshqa istiqbolli sohalar boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama konstruktiv hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish maqsadida birgalikda ishchi guruhini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Guruhning faoliyati ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi aloqa va axborotlashtirish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga kiritilishi mumkin boʻlgan loyihaviy faolliklarni muvofiqlashtirishga qaratiladi.