O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Avaza” milliy turizm zonasida Oʻzbekiston va Turkmaniston bolalari ishtirokida festival tashkil etiladi
2019-06-18 | Jamiyat
2018-yil 23-aprelda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Mahtumquli nomidagi Turkmaniston yoshlar tashkiloti Markaziy Kengashi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolangandi.
Ushbu hujjatga muvofiq, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasining Turkmaniston Respublikasiga 5 kunlik xizmat safari oʻz yakuniga yetdi.
Uchrashuvlar davomida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan Maxtumquli nomidagi Turkmaniston yoshlar tashkiloti Markaziy Kengashi oʻrtasida anglashuv memorandumini amalga tatbiq etish boʻyicha 2019-2020-yillar uchun qoʻshma loyihalari rejasi ishlab chiqildi. Unga koʻra, 2020-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston va Turkmanistonning oʻzaro chegaradosh mintaqalari boʻlgan “Buxoro-Lebap” va “Xorazm-Dashoguz” viloyatlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, ikki mamlakat yosh tadbirkorlari uchun oʻquv tashriflarini tashkillashtirish, yosh sportchilar oʻrtasida turli sport musobaqalarini oʻtkazish hamda “Avaza” milliy turizm zonasida Oʻzbekiston va Turkmaniston bolalari ishtirokida “Doʻstona yoʻllar abadiydir” bolalar festivalini uyushtirishga kelishib olindi.