O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

2019-06-17 | Jamiyat

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid mamlakatimiz madaniy-tarixiy markazlari bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan tashrif doirasida 17-iyun kuni poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasida boʻldi.

Mehmonga majmua tarkibidagi Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon, Moʻyi Muborak madrasalari, Tilla Shayx, Namozgoh masjidlari tarixi, hududda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xususan, Toshkent shahridagi Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi, faoliyati haqida maʼlumot berildi.
 
Majmuaning milliy meʼmorlik anʼanalari asosida bunyod etilgani va bu yerda ziyoratchilar uchun keng qulayliklar yaratilgani Bangladesh Prezidentida katta taassurot qoldirdi.
 
Mazkur obidalar xalqingizning boy oʻtmishidan dalolat. Qadim tamaddun oʻchogʻi, dunyo ilm-fani rivojiga hissa qoʻshgan ulugʻ allomalar diyori bugun ham ana shunday madaniyat va maʼrifat maskani boʻlib kelmoqda, dedi Muhammad Abdul Hamid.
 
Bangladesh Prezidenti Moʻyi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon Musʼhafini ziyorat qildi.
 
Oliy martabali mehmon Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida islom dinini oʻrganish, uning asl insonparvarlik gʻoyalarini keng yoyish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.

Поделиться