O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Chimyon sadosi": Turizm, sport va tabiatga bo'lgan mehr-muhabbat MDH mamlakatlarini bir festivalda jamladi

2019-06-17 | Turizm

15-iyun kuni "Chimyon sadosi - 2019" xalqaro ekologik-turistik festivalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Festivalning yangi formati sport turizmi bo'yicha turli musobaqalarni o'tkazish orqali MDH mamlakatlari o'rtasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlashga yo'naltirilgan.

"Chimyon sadosi - 2019" xalqaro ekologik-turistik festivalining rasmiy ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati L.Kashalapova, Ekstremal va tog' turizmi federatsiyasi raisi L.Kozlovskiy hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi vakili so'zga chiqdi.

Shu bilan birga, tadbir doirasida yosh iste'dodli ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida turizmga oid mualliflik qo'shiqlar tanlovi o'tkazildi. Unda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va boshqa mamlakatlar klublari ishtirok etishdi.

Festival dasturiga ko'ra, sport turizmi va skayranning bo'yicha qator musobaqalar hamda "Biz ozoda Chimyon tarafdorimiz" ekologik aksiyasi o'tkaziladi.

"Chimyon sadosi - 2019" xalqaro ekologik-turistik festivalining asosiy maqsadlari yoshlarni sog'lom turmush tarziga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan do'stona aloqalarni mustahkamlash hamda sport va tog' turizmini rivojlantirish.

Поделиться