O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti direktori WTCF rahbariyati bilan uchrashdi
2019-06-17 | Turizm
Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti direktori D.Narzikulov “Beijing Expo 2019” ko’rgazmasi doirasida WTCF rahbariyati bilan uchrashdi. Unda turizm sohasi istiqbollari haqida so’z yuritildi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida Samarqand shahrida WTCF mintaqaviy forumini tashkil qilish masalasi muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, WTCF – Pekin tashabbusi bilan mashhur turistik shaharlar bilan hamkorlikda shakllangan xalqaro turistik tashkilot. 2012 yilning 15 sentabrida asos solingan Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi Pekin shahrida o’z shtab-kvartirasiga ega. Tashkilot faoliyat yurituvchi rasmiy tillar – xitoy va ingliz tillari.
WTCF turistik shaharlarning xalqaro yo’nalishlar sifatidagi jozibadorligini, ularning xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek turistik shaharlar va hududlarda muvozanatli iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga ko’mak berishga yo’naltirilgan.
Ta’kidlash joizki, D.Narzikulov Pekinda o’tkazilgan “Beijing Expo 2019” ko’rgazmasida Samarqandning turistik salohiyatiga oid taqdimot o’tkazdi. Ko’rgazmaga tashrif buyurgan minglab ishtirokchilar Samarqand shahriga sayohat qilishga katta qiziqish bildirishdi.
Samarqand shahriga WTCF’ga a’zolik sertifikatini rasmiy topshirish marosimi 2019 yilning sentabrida Helsniki (Finlyandiya)da o’tkaziladigan Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasining navbatdagi sammitida bo’lib o’tadi.