O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyaning Nagoya shahrida vatandoshlarimiz tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilindi

2019-06-17 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilib kelinmoqda.

Yaponiyaning Nagoya Iqtisodiyot universitetida joriy yilning 20-maydan 28-iyungacha o‘tkazilayotgan xalqaro tadbir doirasida vatandoshlarimiz ishtirokida O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilindi.

Mazkur tadbirda turli davlatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining milliy taomlari, urf-odatlari, madaniyati va an’analarini namoyish etishmoqda. Shu jumladan, vatandoshlarimiz O‘zbekistonning turizm salohiyati, madaniyati va an’analari hamda YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shahri taqdimotini o‘tkazishdi. Shuningdek, tadbir davomida o‘zbek milliy taomlari tayyorlanib, ishtirokchilarga ulashildi.

“Tadbir doirasida Xiva haqida taqdimot o‘tkazdik, taqdimotni ishtirokchilar katta qiziqish bilan kuzatishdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilayotgan O‘zbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallari, jumladan videoroliklar, rasmlar, tarqatma materiallar, flayerlar, kepka, futbolka va boshqa vositalardan foydalanildi. Keyingi taqdimotimiz 20-iyun kuni Buxoro haqida bo‘ladi” – deydi vatandoshlarimiz Mirjalol Mengboev, Dilshod Zakirov, Elyor Holiyorov va Hasan Davlatovlar.

O‘z navbatida, Turizmni rivojdantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatayotgan vatandoshlarimizga minnatdorchilik bildiradi.

Поделиться