O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«O‘zbektelekom» AK Wi-Fi simsiz tarmoqlari foydalanuvchilarini identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun yangi xizmatni taklif qiladi

2019-06-17 | Texnologiyalar

Bugungi kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab Wi-Fi tarmoqlari faol rivojlanmoqda, ularning uzliksiz ishlashi uchun foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash zarur.

Shu munosabat bilan «O‘zbektelekom» AK hamkorlariga simsiz Wi-Fi tarmoqlari foydalanuvchilarini identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun yangi xizmat turini taklif etdi, ya’ni ushbu xizmat SMS-xabarlar avtorizatsiyasi tizimini va brendlangan sahifalarni o‘z logotipi bilan loyihalashtirish imkonini o‘zida jamlaydi.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmonining bajarilishi, shuningdek, taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari doirasini kengaytirish maqsadida joriy etildi.

Kompaniya hamkorlariga 1 ta ulanish nuqtasi maydonidan tortib, 50 tadan 100 tagacha ulanish nuqtasi maydonigacha bo‘lgan 5 ta tarif reja taklif etiladi. Xizmat narxi oyiga 150 000 — 2 500 000 so‘mni tashkil etadi.

Bunda Internet-trafik uchun to‘lov Operatorning tasdiqlangan tariflariga muvofiq amalga oshiriladi va foydalanuvchi Operator tavsiyasiga binoan qurilmalarni mustaqil ravishda sotib oladi.

Bir pochta manzilidan Internet tarmog‘iga kirish xizmati oylik abonent to‘lovi hajmi 4 million so‘m yoki undan ko‘p bo‘lgan tarif rejasiga ulanishda, bepul asosda simsiz Wi-Fi tarmog‘idan foydalanuvchilar shaxsi identifikatsiyasi bo‘yicha (5 ta kirish nuqtasi) 1 ta maydonni taqdim etish mumkin.

Yangi xizmat, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun o‘z xizmatlarini yaratishga sarf-xarajat qilmasdan xususiy Wi-Fi tarmoqlarini tezlik bilan tashkil etish imkonini beradi.

Поделиться