10-iyundan 16-iyungacha Ukrainaning Nikolayevskaya viloyatida universal jang boʻyicha jahon kubogi bahslari boʻlib oʻtdi.
Ikkita yoʻnalishda tashkil etilgan bellashuvlarda mamlakatimiz terma jamoasi 28 nafar atletlari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
10 ta vazn toifasida oʻtkazilgan musobaqalarda dunyoning 15 mamlakatidan tashrif buyurgan bolalar, oʻsmirlar, yoshlar va kattalar gʻoliblik uchun bellashdi.
Murosasiz bahslar ostida oʻtgan jahon kubogi musobaqalarida mamlakatimiz terma jamoasi aʼzolari xam muvaffaqiyatli natijalarni qoʻlga kiritishdi.
12-13 yoshlilar oʻrtasida oʻtkazilgan bellashuvlarda Qidirov Dilshod, 14-15 yoshlilar oʻrtasida yesa Begzod Abdurazzoqov , 16-17 yoshlilar oʻrtasida oʻtgan bahslarda Begzod Begmanovlar oʻz vazn toifasida jahon kubogi gʻolibiga aylanishdi.
Qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan bahslarda terma jamoamiz aʼzosi Nargiza Shoyatova oʻz vazn toifasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Shunday qilib, jahon kubogi yakuni boʻyicha musobaqa mezboni Ukraina 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2-oʻrin moldaviyalik atletlarga nasib etdi, Oʻzbekiston terma jamoasi sportchilari 3-oʻringa sazovor boʻlishdi.