O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dunyo sayyohlik markazi o‘zbek kurashi chempionatiga mezbonlik qiladi

2019-06-17 | Sport

Tailand qirolligining Pattaya shahri Tinch okeani sohillarida joylashgan dunyo sayyohlarining eng sevimli maskanlaridan biridir.

Yiliga o‘rtacha 5 milliondan oshiq turist keladigan mazkur shaharni qadimiy tay xalqi shamol nomiga qo‘ygan ekan.

Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi taqvim rejasiga asosan joriy yil 17-21 iyun kunlari mazkur shaharda kurash bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yangi Osiyo chempionlari nomini aniqlanadi.

Chempionatda qit’amizning 20 ga yaqin mamlakatidan 200 dan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Tailand Qirolligi sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Tailand Kurash federatsiyasi va Pattaya shahri meriyasi Osiyo chempionatiga yuqori darajada tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, qit’a birinchiligi doirasida 18 iyun kuni Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasining navbatdagi Kongress yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi. Unda konfederatsiyasiga Laos, Bangladesh, Qirg‘iziston milliy federatsiyalari a’zolikka qabul qilinishi kutilmoqda.

So‘nggi yillarda Tailand Qirolligida o‘zbek kurash sporti faol darajada rivoj topmoqda. Tailand milliy federatsiyasi 2008-yilda tashkil etilgan. Mamlakat rahbariyatining bevosita qo‘llab-quvatlashisamarasida bugungi kunda qirollikning barcha hududlaridagi ta’lim muassasalarida kurash sportibo‘yicha o‘quv yo‘nalishlari tashkil etilgan. 2013-yildan boshlab Tailanddagi eng nufuzli sport tadbiri — “Universitet talabalari o‘yinlari” tarkibidan kurash rasmiy sport turi sifatida o‘rin egallagan.

Shuningdek, Tailand kurash bo‘yicha Osiyo va jahon miqyosidagi qator yirik turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda. Xususan, Pattayada 2016-yildan buyon har yili Pattaya open xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

2014-yil Tailand mezbonligida o‘tgan Osiyo sohil o‘yinlarida kurash sporti ushbu nufuzli musobaqa dasturidan rasmiy tarzda o‘rin egallagan edi.

Поделиться